"O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi"
"O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi"
Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, xalqimizning osoyishta hayoti uchun jonini tikkan insonlarni e’tirof etish imkoniyatidir. 14-yanvar xalqimizni jipslashtiruvchi, yurt himoyachilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish kuni sifatida, milliy g‘urur va vatanparvarlik ramzi bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 13-yanvar kuni Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zafarobod tuman IIBda “O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida 2 yillik samarali hamkorlik uchun Zafarobod TAKM tomonidan IIBga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda 30 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.