"Lider qizlar klubi" aʼzolari ishtirokida "Sen iqtidorlisan!" nomli tadbir
#Zafarobod_tuman_AKM
#Kitobsevar_millat
#Lider_qizlar_klubi
"Lider qizlar klubi" aʼzolari ishtirokida "Sen iqtidorlisan!" nomli tadbir
Joriy yilning 20-noyabr sanasida Zafarobod axborot-kutubxona markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Zafarobod tuman bo‘linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi hamda tashkil etilgan "Lider qizlar klubi" aʼzolari ishtirokida "Sen iqtidorlisan!" nomli tadbir tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida qizlarga oila qadriyatlari, reproduktiv salomatlik, shaxsiy gigiyena, orastalik va boshqa yaxshi fazilatlar egasi bo‘lib kamol topishi millatimiz kelajagi uchun muhim ekanligi to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazildi. Tadbirda 32 nafar ishtirokchi qatnashdi va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.