"Kitobxonlik oiladan boshlanadi"
"Kitobxonlik oiladan boshlanadi"
Joriy yilning 5-fevral sanasida Zafarobod tuman Axborot kutubxona markazi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zafarobod tuman bo'linmasi tashabbusi bilan Lolazor QFYda joylarda kitoxonlikni keng targ'ib etish maqsadida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida mahallalarda kitobxonlikni keng targ'ib qilish, har bir oilada kitob bilan do'st tutinish borasida so‘z bordi. Tadbirda 15 nafar ishtirokchi qatnashdi va 35 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.