"Kitobxon-davlat xizmatchisi" ko‘rik tanlov
#Zafarobod_AKM
#Mahoratli_kutubxonachi
"Kitobxon-davlat xizmatchisi" ko‘rik tanlov
2025-yil 25-iyun kuni Zafarobod tuman axborot - kutubxona markazida "Kitobxon-davlat xizmatchisi" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Unda 6 nafar davlat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan kitobga qiziqishi baland xodimlar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov juda qiziqarli va ko‘tarinki shukuhda bo‘lib o‘tdi. G‘olib bo‘lgan mutaxassislar "Mahoratli_kutubxonachi" oyligi yopilish marosimida tantanali ravishda taqdirlanadilar.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.