"Kitobxon ona kitobxon bola" nomli davra suhbati
"Kitobxon ona kitobxon bola" nomli davra suhbati
Joriy yilning 4-fevral sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zafarobod tuman bo'linmasi hamda Uzun QFY bilan hamkorlikda oilalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida mahallalarda “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: kitobxon ona- kitobxon bola” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida mahallalarda kitobxonlikni keng targ'ib qilish, har bir oilada kitob bilan do'st tutinish borasida so‘z bordi. Tadbirda 15 nafar ishtirokchi qatnashdi va 30 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.