"Kitobsevar millat" shiori ostida “Kitob qalbni yoritar” nomli davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 17-fevral sanasida Zafarobod tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxonlikni targ‘ib qilishning taʼsirchan va samarali usullarini joriy qilish va “Kitobsevar millat” shiori ostida kitobxonlik oyligini tashkil etish va o‘tkazish maqsadida 1-sonli umumta’lim maktabi 7-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob qalbni yoritar” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda 22 nafar ishtirokchi qatnashdi va 25 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.