"Hamza Hakimzoda Niyoziyning lirik merosi" nomli she’rxonlik kechasi
#Zafarobod_tuman_AKM
#Sheʼrxonlik_kechasi
"Hamza Hakimzoda Niyoziyning lirik merosi" nomli she’rxonlik kechasi
2025-yil 11-iyul kuni Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Hamza Hakimzoda Niyoziyning lirik merosi" nomli she’rxonlik kechasi tashkil etildi. She’rxonlik kechasiga tumanimiz shoiri G‘ulomjon Eshquvvatov taklif etildi. Shoir tomonidan Hamza Hakimzoda Niyoziyga bag‘ishlab yozilgan sheʼri o‘qib eshittirildi. Tadbirda kitobxonlar yod olib kelgan she’rlaridan aytib o‘tdilar hamda tadbir davomida yangi kelgan adabiyotlar sharhi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 12 nafar kitobxonlar qatnashdi hamda 32 dona kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.