"Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik tanlovi
#Zafarobod_tuman_AKM
#Bir_nuroniy_oʻn_yoshga_masʼul
"Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik tanlovi
Joriy yilning 30-iyul sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi, RMMM tuman bo‘linmasi hamda Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda Zafarobod tumani madaniyat markazida "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda mahallalardan yoshlarga biriktirilgan nuroniylar ishtirok etishdi. Tanlov ko‘tarinki ruhda va shaffof tartibda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir g‘oliblari "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan nizomga asosan pul mukofoti va faxrli diplomlar bilan taqdirlandilar. Tadbirda 35 nafar ishtirokchi qatnashdi va 20 dona kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.