"Alanga ichidagi ayol" kitobi taqdimoti
"Alanga ichidagi ayol" kitobi taqdimoti
A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 155-yilligiga bag‘ishlab "Mahoratli kutubxonachi" loyihasi asosida 2025-yil 4-iyun kuni "Alanga ichidagi ayol" kitobi taqdimoti tashkil etildi. Taqdimotda Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari H.Tursunkulova tomonidan kitob haqida inson ruhiy kechinmalari, ichki olov va kuchni ochib beruvchi asar bo‘lib, unda ayolning hayotdagi kurashlari, orzulari va o‘zligini topish yo‘li tasvirlangan. Bu kitob ayollar uchun ilhom manbai, hayotga yangi nazar bilan qarashga chaqiriq ekanligini kitobxonlarga batafsil yoritib berdi. Taqdimotda 12 ta ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.