Janrlari
11
KUTUBXONALARNING KELIB CHIQISHI VA ZAMONAVIY KUTUBXONACHINING O’RNI
Muallif: To'lanboyeva Mahliyo G'anisher qizi
Til: O'zbek
Yozuv: Lotin
Nashiryot: Zafarobod AKM
Nashr yili: 2025
Ko'rishlar soni: 60
Ushbu maqolada kutubxonalar tarixiy shakllanishi, rivojlanish bosqichlari
va zamonaviy kutubxonachilik kasbining jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Dastlabki
kutubxonalar faqatgina hukmdorlar va zodagonlar uchun xizmat qilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan
jamoat kutubxonalari aholi uchun bilim manbai sifatida shakllangan. Kutubxonachilik sohasi
esa avvalgi “kitob yig‘uvchilar”dan boshlab, bugungi kunda ko‘p qirrali, malakali va har
tomonlama bilimga ega mutaxassislik sifatida qaralmoqda. Maqolada kutubxonachining axborot
vositachisi, ma’naviy tarbiyachi, psixolog va texnik mutaxassis sifatidagi zamonaviy roli
yoritilgan. Shuningdek, muallif kasbga oid zarur bilim va ko‘nikmalarni – notiqlik, psixologiya,
dizayn, informatika, tibbiyot va boshqa fanlar bilan bog‘lab tahlil qiladi. Yakunda kutubxona va
kutubxonachilik sohasi nufuzi oshishi uchun amaliy takliflar ilgari surilgan.