Janrlari
11
Ko'r musiqachi
Muallif: V.G.Korolenko
Til: O'zbek
Yozuv: Lotin
Nashiryot: "O'zbekiston"
Nashr yili: 2021
Ko'rishlar soni: 52
Korolenkoning hayajon bilan o‘qiladigan asarlaridan biri "Ko‘r muzikachi" qissasidir. Unda inson irodasining beqiyos qudrati, orzu yo‘lidagi mehnatning hayotbaxsh kuchi madh etiladi. Tug‘ma ko'r bo'lib dunyoga kelgan Pyotr sabot matonati, chekkan mashaqqatlari evaziga taniqli muzikachi bo'lib yetishadi. Biroq ko‘p o'tmay shuncha azobu iztiroblar badaliga erishgan baxti unga bir lahzalik quvonch bo‘lib tuyula boshlaydi. Faqat u hayotni chuqurroq bilib, o'zidan ham baxtsizroq kishilar bilan tanishgach, ming-minglab o‘ksik dillarning nolasi uning kuylarida o‘z aks-sadosini topadi; u o‘zining odamlarga kerakligini anglagach, tushkun qalbiga iliqlik yuguradi, go‘yo ko‘zlariga ziyo inadi - basirlikdan xalos bo‘lib, olamni qalb ko‘zi bilan ko‘ra boshlaydi. Korolenko bu asarning vujudga kelishi to‘g‘risida 80-yillarda yozgan, lekin senzura tomonidan ruxsat etilmagan qisqacha avtobiografiyasida bunday deb yozadi: "Bu etyudda men ko‘rning psixologik fojiasini kuzatishni maqsad qilib qo‘ygan edim. Psixologik jarayon sof holda ko‘rinishi, ko‘zning nogironligi tufayli bo‘lgan azoblar ikkinchi darajali sabablar bilan murakkablashmasligi uchun, men o‘z qahramonimni juda qulay, ehtimol, hatto birmuncha yaxshi sharoitlarga qo‘ydim."