Janrlari
11
Go'ro'g'lining tug'ilishi
Muallif: Malik Murodov
Til: O'zbek
Yozuv: Lotin
Nashiryot: "Ilm-ziyo-zakovat"
Nashr yili: 2021
Ko'rishlar soni: 51
“Goʻroʻgʻli” turkumi dostonlari yuzga yaqin xilma-xil mazmundagi asarlarni oʻzida birlashtiradi. Eʼtiboringizga havola etilayotgan “Goʻroʻgʻlining tugʻilishi” dostoni oʻzbek dostonchiligi rivojida beqiyos oʻrniga ega baxshi Muhammad Jomrot oʻgʻli Poʻlkan shoir tomonidan ijro etilgan. Unda afsonaviy xalq bahodirining tugʻilishi va qahramonona yoshligi, ozodlik oʻlkasining bunyod etilishi voqealari tasvirlanadi. Dostonda qahramon va sevimli yor sadoqati, ota-ona va farzand burchi, birodarlik va doʻstlik masalalaridan bahs yuritadi. Serboʻyoqliligi, jozibadorligi bilan kitobxonni oʻziga rom etadi.