Kitoblar ko‘rgazmasi 24.03.2025
Kitoblar ko‘rgazmasi
Shukur Xolmirzayev – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi. O‘zbek hikoyachiligini Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘targan yozuvchilardan biri.
Shukur Xolmirzayev 1940 yil 24 martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan. Yozuchi tavalludining 85 yilligi munosabati bilan joriy yilning 24-mart sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazida “Asarlarida mangu barhayot” nomli adib qalamiga mansub kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan yozuvchi ijodiga mansub eng sara 14 dona kitoblar o‘rin olgan.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.